
"Manchester Siti" himoyachisi qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor, "Manchester Siti" UEFA Chempionlar ligasining pley-off bosqichida "Real Madrid" bilan bahs olib borib, so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatga uchradi.
Ushbu bellashuvning ikkinchi bo‘limida "shaharliklar" himoyachisi Manuel Akanji jarohat olib, safdan chiqdi. Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, shveytsariyalik himoyachi 8-10 haftaga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda mashhur insayder Fabritsio Romano.
Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshli fulbek joriy mavsum manchesterliklar safida 30 ta to‘qnashuvda ishtirok etib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 40 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar