"Manchester Siti" hujumchisi "Tottenxem"ga o'tish arafasida

  • 29.07.2026 11:34
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» tarkibida to‘p surib kelayotgan braziliyalik hujumchi Savin’yo yaqin orada jamoasini almashtirishi mumkin. Uning keyingi manzili sifatida Londonning «Tottenxem» klubi tilga olinmoqda.

Futbol bo‘yicha ishonchli manba sifatida tanilgan insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, 22 yoshli braziliyalik futbolchi Shimoliy London klubiga o‘tishga rozilik bergan. Hozirda ikki jamoa o‘rtasida transfer shartlari bo‘yicha faol muzokaralar olib borilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, hujumchi transferiga «shporlar» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi ham ijobiy baho bergan. U Savin’yoni «Tottenxem» hujum chizig‘ini kuchaytirishga qodir futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Muttahassislar hozircha braziliyalik forvardning ehtimoliy transfer qiymatini 35 million yevro atrofida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Savin’yo Angliya chempionatida «Manchester Siti» safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, bir gol va bir golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!