
“Manchester Siti” ikki yulduz uchun dashhatli summa tikyapti
Mavsumni sovrinlarsiz yakunlashi aniq bo‘lgan “Manchester Siti” yozgi transferlar davrida tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirishga harakat qiladi.
Mirror nashrining yozishicha, “shaharliklar” joriy mavsumni yuqori darajada o‘tkazayotgan ikki o‘yinchi uchun 214 million evrodan ziyodroq pul tikishga tayyor.
Xosep Gvardiola o‘z jamoasida “Bayoer” etakchisi Florian Virts va “Milan”ning eng bugungi kundagi eng zo‘r o‘yinchisi Tejani Reyndersni ko‘rmoqchi. Manchesterliklar bu transferlarni imkon qadar klublar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanadigan sana – 15 iyungacha uddalashni maqsad qilgan.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” mutasaddilari Florian Virts uchun 119 million evro ajratishga rozi. “Milan” vakili transferiga 66 million evro yo‘naltirilishi aytilmoqda.
Manchesterlik mutasaddilari Virts uchun talab qilinayotgan summa ichiga Leverkuzen klubi qiziqish bildirayotgan Jeyms MakEytini ham qo‘shish variantini taklif qilyapti.
Ekspertlarning ta’kidalashicha, bu o‘yinchilarni qo‘lga kiritish oson kechmaydi. Chunki ularning har ikkisiga ham boshqa klublardan takliflar etarli.
Fikrlar