"Manchester Siti" Kanseluga o‘rinbosar topdi
"Manchester Siti" "Fulxem" futbolchisi Antoni Robinsonga qiziqmoqda. "Shaxarliklar" agarda Kanselu yozda klubni tark etsa, portugaliyalikning o‘rniga 25 yoshli himoyachini sotib olmoqchi. Bu haqda "Sun Sport" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu transfer manchesterliklarga 35 million evroga tushadi. Antoni Robinson ushbu mavsum "Fulxem" safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi. U bu o‘yinlarda samarali harakat amalga oshirmagan.
AQShlik futbolchiga "Manchester Siti"dan tashqari "Inter" va "Milan" klublari ham qiziqmoqda.
Fikrlar