“Manchester Siti” katta xushxabarni e’lon qiladi

  • 1 sentabr, 11:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati o‘tgan mavsum jamoada asosiy darvozabon vazifasini bajargan Edersonning klubdan ketishiga ruxsat bergan edi.

Tecno

Turkiyaning “Fenerbahche” klubi 32 yoshli braziliyalik golkiper uchun 13 million evro badal puli va ikki million evro bonus to‘lashga rozi bo‘ldi.

Transferlar oynasi yopilishi arafasida “Manchester Siti” yangi darvozabon masalasini hal qildi. Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, PSJdan ketishi aniq bo‘lgan Janluiji Donnarumma Manchesterga kelmoqda.

Aslida tomonlar bu transfer borasida avvaldan kelishuvga erishgandi. Uni yakunlash uchun “shaharliklar” Edersonning ketishini kutayotgan edi.

Manbaga ko‘ra, bu transfer Xosep Gvardiola jamoasiga 20-25 million evroga tushadi. 26 yoshli golkiperning o‘zi har mavsum uchun 13 million evro maosh oladi va o‘yiniga qarab, ikki million evro bonus ajratilishi kelishilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!