"Manchester Siti" qimmatbaho vinger transferini hal qilishga yaqin
"Manchester Siti" "Bornmut" vingeri Antuan Semenyoning transferini kelishib oldi. Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs X sahifasida ma'lum qildi.
Ayni paytda tomonlar transfer bilan bog‘liq barcha hujjatlarni rasmiylashtirishni yakunlashmoqda. Bitimning rasmiy tasdiqlanishi va uni yakunlash muddatlari bo‘yicha tafsilotlar yaqin kun ichida kutilmoqda.
Premyer-liganing joriy mavsumida 25 yoshli futbolchi 18 ta uchrashuvda qatnashib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, "shaharliklar" Semenyo uchun 65 million funt sterlingdan sal kamroq tovon puli to‘lashi, sodiqlik bonusi va agentlik komissiyasi ham qo‘shilishi xabar qilingan edi. "Manchester Siti" ko‘rsatilgan summani uch yil ichida bo‘lib to‘lamoqchi.
Fikrlar