"Manchester Siti" Rafael Leau uchun himoyachi bilan xayrlashishga tayyor
"Manchester Siti" yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirishi kutilmoqda. Klub ushbu mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazmayapti. Premer-ligada ham chempionlik "Arsenal"ga boy berilishi mumkin.
"CalcioMercato" nashri xabar berishicha, "shaharliklar" Rafael Leauni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Ular ushbu transferga Joau Kanseluni qo‘shmoqchi.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchining Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadi.



Fikrlar