"Manchester Siti" sardori "Barselona"da o'ynamoqchi
"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva agenti Jorje Mendes orqali "Barselona"ga Kataloniya klubiga o‘tish istagini bildirgan. Bu haqida Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 31 yoshli portugalialik futbolchining sifatlariga shubha qilmayapti, ammo ayni damda "Barselona" jamoada bo‘lgan tarbiyalanuvchilar va maydon markazi futbolchilariga tayanishni ma’qul ko‘rmoqda. "Blaugrana" futbolchilarni sotib olish uchun pul sarflashga tayyor, ammo hujumchi va markaziy himoyachini sotib olish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Silva "Manchester Siti" safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida yarim himoyachi barcha musobaqalarda 438 ta o‘yinda maydonga tushib, 73 ta gol va 77 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar