“Manchester Siti” supertransfer uchun “kulgili” narx taklif qildi
“Manchester Siti” rahbariyati darvozani qo‘riqlash uchun PSJ vakili Janluiji Donnarummani olib kelish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Parijliklar italiyalik golkiper bilan xayrlashishga qaror qilgan va uni imkon qadar tezroq sotib yubormoqchi.
Asosiy da’vogar hisoblangan “Manchester Siti” 26 yoshli posbon bilan shaxsiy shartnomani kelishib olgan va yiliga 12 million evro miqdorida maosh to‘lashga rozi.
“Shaharliklar” Donnarummaning shartnomasi tugashiga bir yil qolgani va bundan buyon PSJga kerak emasligini inobatga olib, uni arzon narxga transfer qilmoqchi.
Evropa Chempionlari ligasining amaldagi g‘olibi bo‘lgan frantsiyaliklar 50 million evroga baholangan Donnarummani 30-35 million evroga qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgan. Biroq L'Équipe nashri jurnalisti Loik Tanzining ma’lum qiligicha, manchesterliklar Donnarumma transferi uchun parijliklarga bor-yo‘g‘i 15 million evro taklif qildi.
Agar PSJ bu summani qabul qilmasa, “Manchester Siti” vakillari transferni yanvarga qoldiradi va darvozabonning narxi yanada pasayishi kutadi.
Fikrlar