"Manchester Siti" va "Barselona" bitta futbolchi uchun kurashmoqda
"Ayntraxht" himoyachisi Nataniyel Braun ga Yevropa jamoalaridan jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida "Bild" nashri ma'lum qildi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, germaniyalik futbolchini "Manchester Siti" va "Barselona" jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda. Nemis klub himoyachi transferidan 65 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
22 yoshli futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 35 million yevroni tashkil etadi. Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma'lumot uchun, Nataniyel joriy mavsum "Ayntraxht" safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z nomiga 3 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar