"Manchester Siti" va "Yuventus" o‘zaro himoyachi almashtirishadi

  • 06.08.2019 09:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" va "Yuventus" yaqin vaqtlar ichida o‘zaro futbolchi almashtirishadi.

GianlucaDiMarzio.com tarqatgan xabarga ko‘ra turinliklar himoyachisi Joau Kanselu Angliyaga, “shaharliklar” himoyachisi Danilo esa Italiyaga yo‘l oladi. Biroq, APL chempioni Kanselu uchun Danilodan tashqari shuningdek 28 mln evro qo‘shimcha mablag‘ ham to‘laydi.

Ma’lumotlarga qaraganja Kanselu “Siti” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va  yiliga 4,5 mln evro maosh oladi. Danilo esa “keksa sinora” safida yiliga 3,5 mln evro maosh olishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!