“Manchester Siti” yulduzi norozilik bildirdi

  • 30 iyul, 2024, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvares klubdagi holati unga ma’qul kelmayotgan jihatlar borligini aytib, norozilik bildirdi.

Tecno

- O‘tgan mavsumda men “Manchester Siti” tarkibida maydonda eng ko‘p vaqt o‘tkazgan futbolchilardan biri bo‘ldim. Lekin men muhim uchrashuvlarda chetda qolib ketayotganim umuman yoqmayapti.

O‘zim katta g‘alabalarga hissamni qo‘shishni istayman.

Hozircha,  yakuniy qaror chiqarishga shoshilmayman va bundan buyon nima qilishim haqida yaxshilab o‘ylab ko‘raman. Buyog‘i nima bo‘lishini ko‘ramiz, - dedi Xulian Alvares.

Argentinalik jahon chempioni “shaharliklar” safida ko‘pincha Erling Xoland soyasida qolib ketmoqda. Alvaresning o‘zi jamoaning asosiy hujumchisi sifatida o‘ynashni istaydi va bunga erishish uchun boshqa jamoa o‘tishi mumkinligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!