“Manchester Siti” yulduzi raqib jamoaga o‘tishi mumkin
Misrlik hujumchi Umar Marmush yanvar oyida “Manchester Siti”ni tark etishi mumkin.
TEAMtalk ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchiga “Tottenxem” qiziqish bildirmoqda va klublar o‘rtasidagi muzokaralar ancha oldinga siljigan. O‘yinchining o‘zi ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun bu oydayoq “Siti”ni tark etishga tayyor.
Marmush 2025 yil yanvar oyida “Ayntrax”dan “Manchester Siti”ga 75 million yevro evaziga o‘tgan edi.
Uning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha tuzilgan. Joriy mavsumda hujumchi 15 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi. Transfermarkt uning qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.
Marmushning ketishi jamoa Angliya Premyer-ligasi to‘purarlaridan biri Antuan Semenyoning transfer qilgani natijasi bo‘lishi mumkin.
Fikrlar