“Manchester Siti”da o‘ynagan futbolchi bolalari bilan bir o‘limdan qoldi
“Manchester Siti” klubida oʻynagan Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Martin Demikelis uch nafar farzandi bilan sörfing bilan shugʻullanaotgan vaqtida halok boʻlishiga oz qoldi.
Hodisa Atlantika sohillaridagi mashhur Urugvay kurorti Punta-del-Este yaqinida sodir boʻldi, deb xabar beradi The Sun.
Sobiq futbolchi bolalari bilan suvga shongʻigan vaqtida qutqaruvchilar postidan taxminan 400 metr uzoqda boʻlgan. Bu hudud suzish uchun moʻljallanmagan boʻlib, xavfli joy hisoblanadi. Kuchli oqim Demikelis va uning bolalarini sohillan uzoqlashtirib ketgan.
Biroq shu payt tasodifan ish vaqtidan tashqari sörfingda uchish uchun kelgan ikki nafar qutqaruvchi ularni koʻrib qoladi va oʻz vaqtida yordam koʻrsatadi. Shu tariqa, muҳish voqeaning oldi olinadi.
Futbolchi sifatida Demikelis “Bavariya”, “Malaga” va “Manchester Siti” klublarida toʻp surgan. Argentina terma jamoasi safida esa u 51 ta oʻyin oʻtkazib, ikki marta gol urgan.
Fikrlar