
"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi MYuga o‘tishi mumkin
Saudiyaning "Al-Hilol" klubi safida harakat qilayotgan Joao Kanselu yana Evropaga qaytishi mumkin. Bu haqda "Football Transfers" nashri xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra, Kanseluga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqla. Mankunianliklar yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan. Jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim o‘ng qanot himoyasiga aynan Kanselu variantini ma’qul ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchi faoliyatida davomida bir qator grand klublar, jumladan, "Manchester Siti", "Barselona", "Bavariya", "Yuventus" va "Inter" kabi jamoalarda o‘ynagan. 30 yoshli futbolchi joriy mavsumda Saudiya Pro-ligasida 17 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 assistni rasmiylashtirdi.
Fikrlar