"Manchester Siti"ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ladi?
"Manchester Siti" klubi o‘zining rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali yanvar oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlamoqda.
E’tiborlisi, nomzodlar qatorida o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov ham bor. Shuningdek, ushbu mukofot uchun Bernardo Silva va Janluidji Donnarumma ham kurash olib bormoqda. G‘olib muxlislarning ovoz berish yo‘li orqali aniqlanadi.
Ma’lumot uchun, Husanov o‘tgan oyda barcha musobaqalar doirasida 9 ta o‘yinda maydonga tushgan. Qayd etish joiz, Abduqodir ulardan 8 tasida boshlang‘ich tarkibdan joy olgan. "Shaharliklar" keyingi uchrashuvni Angliya kubogida "Nyukasl"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar