"Manchester Yunayted" 18 yoshli yarim himoyachini sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" ikkita yarim himoyachi sotib olishni reja qilgan. Klub radarida Meyson Maunt, Moyses Kaysedo kabi futbolchilar bor. Bundan tashqari, "qizil iblislar" Joau Neveshga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Di Martsio.
2004 yilda tug‘ilgan yarim himoyachi o‘tgan mavsumda Portugaliya klubida o‘zini yaxshi tomonlama namoyish qila oldi. U allaqachon Chempionlar ligasida debyut qilgan va tarkibning asosiy tarkibiga kira oldi.
"Transfermarkt" portaliga ko‘ra, Neveshning transfer narxi 10 million evroga teng. Ammo "Benfika" Joauni bundan ko‘proq summaga sotishi mumkin.
Fikrlar