"Manchester Yunayted" "Al-Hilol" futbolchisini APLga qaytarmoqchi
"Manchester Yunayted" qishki transfer oynasida yarim himoyachi Ruben Neveshni safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. 28 yoshli futbolchi yanvar oyida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubini tark etishni rejalashtirgan.
Portugaliyalik xavbekka da’vogarlar orasida aynan "Manchester Yunayted" ham tilga olinmoqda. Jurnalist Kris Uiler ma’lumotiga ko‘ra, "Vulverxempton"ning sobiq yulduzi hozirda "qizil iblislar" tomonidan ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri hisoblanadi.
Ruben Neveshning ehtimoliy transferi taxminan 20 million funt sterlingga (qariyb 23 million evro) baholanmoqda. Futbolchining o‘zi ham Angliya Premer-ligasiga qaytishdan manfaatdor.
Joriy mavsumda Nevesh "Al-Hilol" safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.



Fikrlar