"Manchester Yunayted" "Barselona" yulduzi uchun 100 mln yevro taklif qilishga tayyor

  • 25.03.2026 00:00
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" tarkibini kuchaytirish uchun katta mablagʻ sarflashga tayyor. The Touchline nashri jurnalist Xose Alvaresga tayanib xabar berishicha, "qizil iblislar" yarim himoyachi Fermin Lopes uchun 100 million yevro taklif qilishi mumkin. 

Biroq transfer amalga oshishi ehtimoli past — Lopes "Barselona"da baxtli va kataloniyaliklar uni sotmoqchi emas. 22 yoshli futbolchi yaqinda klub bilan yangi shartnoma imzoladi. Ushbu kelishuv 2031 yil oʻrtalariga qadar moʻljallangan.

Maʼlumot uchun, ayni paytda "Barselona" Ispaniya La Ligasi turnir jadvalidа peshqadam boʻlib turibdi. Ikkinchi oʻrindagi "Real Madrid" jamoasi Hans-Diter Flik shogirdlaridan toʻrt ochkoga ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!