
“Manchester Yunayted” birdaniga ikki yulduzni olib, muammodan qutilmoqchi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag sobiq shogidlarini o‘z jamoasiga olib kelish fikridan qaytgani yo‘q.
Yaqinda manchesterliklar “Bavariya”ga himoyachilar Matteys de Ligt va Nusser Mazrauini so‘rab, taklif yuborgandi. Myunxenliklar taklifni qabul qilmadi.
Endi Angliya grandi ikkinchi taklifni tayyorlab qo‘ydi. Bundan o‘yinchilarning o‘zi ham, Myunxen klubi rahbariyati ham xabardor.
Manchesterliklar nima qilib bo‘lsa ham, niderlandiyalik bosh murabbiy qo‘l ostida ilgari “Ayaks”da zo‘r o‘yin ko‘rsatgan har ikki himoyachini olib kelib, orqa chiziqdagi muammolarni bartaraf etishni rejalashtirgan.
Manbaning ta’kidlashicha, 24 yoshli Matteys de Ligt ham, 26 yoshli Nusser Mazraui ham qadrdon ustozlari bilan ishlash uchun “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tishga rozilik bergan.
Fikrlar