
“Manchester Yunayted” birinchi katta transferni e’lon qiladi
“Barselona”ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Frenki de Yong tez kunlarda “Manchester Yunayted”ga o‘tadi, deb xabar tarqatdi taniqlik insayder Jerar Romero.
Manbaning ta’kidlashicha, bu transfer may oyida rasmiylashtiriladi. Manchesterliklar mahoratli o‘yinchi uchun 70-80 million evro miqdorida mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumki, “Manchester Yunayted”ni “Ayaks” ustozi Erik ten Xag qabul qilib oladi. Frenki de Yong amsterdamliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va niderlandiyalik murabbiyning o‘yin uslubini yaxshi tushunadi.
De Yong Kataloniyaga 2019 yili ko‘chib o‘tgan. Bu mavsum u jami 43 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar