“Manchester Yunayted” bo‘lajak bosh murabbiyni suhbatdan o‘tkazdi

  • 23 mart, 2022, 10:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” mavsum yakunlanishi bilan boshqa bosh murabbiy qo‘l ostiga o‘tadi. Klub rahbariyati aprel oyining oxiriga borib jamoani boshqaradigan mutaxassis masalasini yopishni rejalashtirgan.

Tecno

Ayni paytda klub mutasaddilari “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga nomzodlar bilan maxsus suhbat olib bormoqda.

Ana shunday nomzodlardan biri – “Ayaks”ni muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan 52 yoshli Erik ten Xag klub mutasaddilarining suhbatidan o‘tdi, deb xabar tarqatdi Daily Mail nashri.

Rahbariyati boshqa nomzodlar bilan ham xuddi shunday suhbatlar tashkil etib, ularning ish uslubi, rejalari va strategiyalari bilan yaqinlan tanishishni maqsad qilgan.

Vaqtincha jamoani boshqarib turgan 63 yoshli Ralf Rangnik yozda jamoani boshqa murabbiyga topshirib, o‘zi klub rahbariyatidagi lavozimlardan birini egallashi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!