"Manchester Yunayted" "Bornmut" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

  • 08.03.2026 15:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bornmut" yarim himoyachisi Markus Tavernye faoliyatini Angliya Premier-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Daily Mail" nashri xabar berishmoqda.

Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" futbolchi bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda. "Qizil iblislar" joriy mavsum oxirida angliyalikning transferiga qiziqish bildirmoqda. "Nottingem Forest" va Birmingemning "Aston Villa" klublari Tavernye uchun kurashda mankunianliklarning raqobatchilari bo‘lishi aytilmoqda.

26 yoshli havbek bu mavsumda APLda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!