"Manchester Yunayted" Bundesligada Keynga raqobat qilayotgan to‘purarni qo‘lga kiritish dardida!

  • 30 noyabr, 2023, 22:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" qishki transferlar oynasida hujum chizig‘ini yanada kuchaytirish ishlarini olib boradi. Bu borada rahbariyat va skautlar allaqachon ishlarni boshlab yuborgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, "qizil iblislar" "Shtutgart" hujumchisi Serxu Girassini sotib olishni reja qilgan. Uning tovon puli ham juda arzon, atigi 17,5 million evro etib ko‘rsatilgan. Manchesterliklar futbolchini yozga qoldirmasdan qo‘lga kiritishni istayapti. Sababi, hozir Serxuning xaridorlari o‘yindan o‘yinga ko‘payib bormoqda. 

Girassi joriy mavsum Bundesliganing 10 o‘yinida 15 ta gol urishni uddaladi. U musobaqa to‘purarlar jadvalida raqiblar darvozasiga 18 ta to‘p kiritgan "Bavariya" forvardi Xarri Keyndan ortda qolmoqda, xolos. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!