“Manchester Yunayted” Erik ten Xag o‘rnini kim egallashini hal qildi

  • 04.10.2024 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag qoniqarsiz natijalar ortidan iste’foga chiqarilishi mumkin.

Klub rahbariyati niderlandiyalik mutaxassis o‘rniga bir necha nomzodlarni ko‘rib chiqayotgan edi.

TEAMtalk nashriga ko‘ra, ular yangi bosh murabbiy masalasida yakuniy qarorga kelgan.

Manbaning ta’kidlashicha, “Manchester Yunayted”ga ayni paytda ishsiz yurgan Tomas Tuxel olib kelinadi.

Germaniyalik mutaxassisning o‘zi ham Angliya Premer-ligasiga qaytish istagida yurgandi. Ekspertlar Tomas Tuxelning o‘yin falsafasi “Manchester Yunayted”ga mos kelishini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!