“Manchester Yunayted” etakchisiga dahshatli maosh taklif qildi

  • 3 may, 2021, 18:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa yulduzi Pol Pogbani yangi shartnomaga ko‘ndirmoqchi.

Tecno

Buning uchun klub xo‘jayinlari  frantsiyalik yarim himoyachiga haftasiga 400 ming funt maosh to‘lashga rozilik bergan. Bu summa yiliga 20 million evrodan oshadi.

Pandemiya sharoitida aksariyat grand klublar ham bir futbolchiga bu darajada katta maosh to‘lay olmaydi. Xususan, Pogbani olishni orzu qilayotgan “Yuventus” va “Real” ham asosiy e’tiborini futbolchilarning maoshini qisqartirishga qaratmoqda.

Pogbaning manchesterliklar bilan hamkorligi 2022 yilning yozigacha rasmiylashtirilgan. Agar tomonlar o‘zaro kelisha olmasa, klub futbolchini yozda sotib yuborishga majbur bo‘ladi.

Pol Pogbaning asosiy maqsadi Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqish hisoblanadi.

2016 yildan beri “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi bu jamoa tarkibida jami 201 ta o‘yin o‘tkazib, 38 ta gol urdi va 40 ta golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!