“Manchester Yunayted” futbolchilariga Erik ten Xag yoqmayapti

  • 6 dekabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayoted” o‘yinchilarining bir guruhi niderlandiyalik bosh murabbiy Erik ten Xagdan norozi bo‘lmoqda.

Tecno

Sky Sports nashrining yozishicha, jamoadagilarning yarmi bu mutaxassisga ishonmay qo‘ygan. Manbaga ko‘ra, bosh murabbiy o‘yinchilarning fikrlarini inobatga olmaydi. Bundan tashqari, ko‘pchilikka uning Jeydon Sanchoga qilgan munosabati ham yoqmagan.

Ko‘pchilik jamoada nima bo‘layotgani anglay olmayapti. Ayrim o‘yinchilar murabbiy qo‘llayotgan uslublarga qarshi chiqmoqda. Ayniqsa, mashg‘ulotlarning ko‘pligi va ularda murabbiy futbolchilarni haddan ziyod ko‘p yugurtirayotgani ham futbolchilar e’tiroziga sabab bo‘lyapti.

Jamoa a’zolari Erik ten Xag ular bilan samimiy munosabatda bo‘lishini, ularning aksariyati katta klublarda o‘ynab,tajriba to‘plaganini inobatga olishini talab qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!