"Manchester Yunayted" futbolchisi A Seriyaga ko'chib o'tishi mumkin

  • 18.01.2026 20:31
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" forvardi Joshua Zirkze faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

"Sky Sports Italia" nashri bergan xabarlarga koʻra, niderlandiyalik hujumchi xizmatlariga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda. Bir necha kun avval futbolchiga Rimning "Roma" klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida ham xabarlar paydo boʻlgan edi. Turinliklar futbolchi uchun birinchi taklifni ham yuborgan. "Zebralar" "Kristal Pэlas" forvardi Jan-Filipp Matetaning transferi oʻxshamagach, maqbul variant sifatida Zirkzeni tanlagan. 24 yoshli futbolchining "Transfermarkt" portalidagi narxi 25 million evroni tashkil etadi. 

Maʼlumot uchun, Zirkze 2024 yilda 42,5 million evro evaziga "Boloniya"dan "Manchester Yunayted" safiga kelib qoʻshilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!