"Manchester Yunayted" Grinvudni qaytarishi mumkin
"Manchester Yunayted" Grinvudni ortga qaytarishi mumkin, deya xabar bermoqda "Topskills Sports UK".
Manbaga koʻra, "qizil iblislar" vakillari Grinvudning qaytishi haqida birinchi marta "Marsel" bilan bogʻlandishdi. Angliyalikning shartnomasida uni 48 million yevroga sotib olishga imkon beruvchi qoʻyib yuborish bandi mavjud. Bundan tashqari, "Atletiko" ham Meysonga qiziqish bildirmoqda.
24 yoshli futboli Fransiya chempionatini "yondirib tashlamoqda". Bu mavsumda Grinvud barcha musobaqalarda 27 ta oʻyinda qatnashib, 20 ta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar