“Manchester Yunayted” hech kim kutmagan darvozabonni oladi

  • 28 may, 2022, 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati “Valensiya” safida o‘zini ko‘rsata boshlagan Gruziya terma jamoasi posboni Georgiy Mamardashvilini transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

21 yoshli golkiperga Angliyaning bir necha klublari qiziqish bildirmoqda. Xususan, manchesterliklar Mamardashvilini yozda jamoani tark etishni istayotgan Din Xenderson o‘rniga zaxira posboni sifatida olib kelmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Yunayted” mutasaddilari futbolchining agentlari bilan aloqaga chiqib, uning talablari haqida ma’lumot berishni so‘ragan.  

“Valensiya” o‘z darvozabonini osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas. Ular Mamardashvili bilan yangi bitim tuzib, ayni paytda uning transferiga belgilangan 20 million evrolik badal pulini ko‘tarishni istayapti.

O‘tgan yili yozda “Valensiya”ga o‘tgan darvozabonning amaldagi bitimi 2024 yilning yozigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!