
"Manchester Yunayted" himoya markaziga nomzod topdi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Gleyson Bremer faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli braziliyalikning xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklar yozgi transfer oynasida janubiy amerikalik futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi. Avvalroq "keksa sinora" Bremerni sotishdan 75 million evro ishlab olishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
A Seriyaning joriy mavsumida Gleyson 24 o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi. Uning Turin klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar