"Manchester Yunayted" ikki yarim himoyachisi bilan xayrlashadi

  • 6 iyul, 2023, 15:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" ushbu transfer oynasida ikki yarim himoyachi bilan xayrlashmoqchi. Gap bosh murabbiy Erik ten Xagning rejalariga kiritilmagan Fred va Entoni Elanga haqida ketmoqda.

Tecno

Jurnalist Jeymi Jeksonning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" bu futbolchilarning har biri uchun 35 million evro olsa, ularni qo‘yib yuborishga tayyor. Da’vogarlar ro‘yxati hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, Fred 2018 yilda "Shaxtyor" klubidan ko‘chib o‘tgandan beri "qizil iblislar" safida o‘ynab kelmoqda. Elanga mankunianliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2020/21 yilgi mavsumda Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostida jamoada debyut qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!