"Manchester Yunayted" Kulibalini dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylantirmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibalining transferi masalasida rasmiy taklif tayyorlamoqda.
Daily Mirror nashrining yozishicha “qizil iblislar” 27 yoshli senegallik futbolchini dunyoning eng qimmat himoyachisiga aylantirishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, hozircha dunyo futboli tarixidagi eng qimmat himoyachi Virjil van Deyk hisoblanadi. "Liverpul" gollandiyalik futbolchi uchun "Sautgempton"ga naqd 84,5 mln evro to‘lagan.

Fikrlar