“Manchester Yunayted” kutgan transfer barbod bo‘ldi

  • 31 yanvar, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” o‘yin amaliyotimiz maosh olayotgan himoyachi Fil Jonsni Frantsiya chempionatiga jo‘natib yubormoqchi edi.

Klub mutasaddilari “Bordo” bilan futbolchining ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Biroq so‘nggi pallada tajribali himoyachi yangi jamoaga o‘tishdan bosh tortdi.

Girondinfos nashrining ma’lum qilishicha, Fil Jonsning bunday qarorga kelishiga Frantsiya klubi unga o‘yin amaliyotini kafolatlamagani sabab bo‘lgan.

Jons tizzasidagi og‘ir jarohat tufayli 2020 yilning 26 sentyabridan beri bir marta maydonga tushdi xolos. Tabiiyki, ayni paytda u “Manchester Yunayted” tarkibiga kira olmaydi.

Jons manchesterliklar safiga 2011 yilda qo‘shilgan. Uning amaldagi shartnomasi bir yarim yildan keyin yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!