
“Manchester Yunayted” La Liga klubidan futbolchi xarid qiladi
"Betis" yarim himoyachisi Gido Rodriges faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettirishi mumkin. “AS” nashri xabariga ko‘ra, 28 yoshli argentinalik futbolchini "Manchester Yunayted" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Qizil iblislar" yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi va turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, Manchester klubi “short-listi”dan Sergey Milinkovich-Savich va Adrien Rabo ham joy olgan.
“Transfermarkt” portali Rodrigesning narxini 25 million evroga baholamoqda. Futbolchining Andalusiya klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Gido o‘tgan mavsumda La Liga doirasidagi 32 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar