
"Manchester Yunayted" "Lill" yarim himoyachisini kuzatmoqda
"Manchester Yunayted" "Lill" xavbeki Bubakari Sumarega qiziqish bildirmoqda. ESPN nashriga ko‘ra, "qizil iblislar" 20-yoshli xavbekni Pol Pogbaga o‘rinbosar sifatida ko‘rishmoqda.
Sumarening "Lill" bilan kelishuvi mavsum so‘nggida yakuniga etadi, shuning uchun u erkin agent sifatida boshqa klubga o‘tishi mumkin.
Fransuz klubi u bilan yangi kelishuvga erishish niyatida, biroq MYu bu rejani amalga oshishiga halaqit berishi mumkin.
Joriy mavsumda Sumare Fransiya chempionatida "Lill"" safida 10 o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar