“Manchester Yunayted” mag‘lubiyatiga kim sababchi ekani aytildi

  • 05.12.2024 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida “Manchester Yunayted” Londondan “Arsenal”ga 0:2 hisobida yutqazib qaytdi. Bu Ruben Amorimning manchesterliklar bosh murabbiyi sifatidagi birinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.

“Manchester Yunayted” tarixidagi eng zo‘r o‘yinchilardan biri Roy Kin “Arsenal”ga qarshi o‘yindan keyin  hozirgi jamoa etakchilaridan Markus Reshfordni qattiq tanqid qildi.

- Agar hech kim bir narsani sezmay qolgan bo‘lsa, uni men aytib beraman. Markus Reshford maydonda paydo bo‘ldi. Uning o‘yini meni shokka tushiryapti.

Ayniqsa, boshi bilan bergan zarbasiga qarang, bu nima edi? Aslida “Manchester Yunayted” bu o‘yinda hech narsaga loyiq emasdi. Manchesterliklarning o‘yini juda rasvo, - dedi Roy Kin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!