
“Manchester Yunayted” Mourino boshlagan transferni barbod qildi
“Roma”ning yangi tarkibini shakllantirayotgan Joze Mourino “Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolgan braziliyalik himoyachi Aleks Telles transferini amalga oshirishga harakat qilayotgan edi.
Biroq, manchesterliklar bu transferni bloklab qo‘ydi.
Ma’lumki, o‘tgan yili “Portu”dan olib kelingan Telles asosiy tarkib uchun kurashda Lyuk Shouga imkoniyatni boy bermoqda va asosiy vaqtini zaxirada o‘tkazyapti. U o‘tgan mavsumda atigi 24 to‘rtta uchrashuvda qatnashdi xolos.
Joze Mourino shu bois uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni maqsad qilgandi.
Manchesterliklar bilan yana uch yil davom etadigan 28 yoshli himoyachining transferi 20 million evroga baholangan.
Fikrlar