
"Manchester Yunayted" qishda muhim transfer bo‘yicha "Liverpul" bilan kurashadi. Ro‘yxatda "Arsenal" ham bor
"Fulxem" vakili Joau Palinyaga Angliya premer-ligasining bir nechta top klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "TEAMtalk" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, portugaliyalik futbolchiga "Arsenal" va "Liverpul" jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, "Manchester Yunayted" ham yarim himoyachi uchun kurashga qo‘shildi.
Grandlar Joauni qishki transferlar oynasidayoq o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtiryapti. Biroq "Fulxem" rahbariyati uni 60 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Ma’lumot o‘rnida, Palinya tayanch yarim himoyachi sifatida harakat qiladi. U joriy mavsum APLning 12 o‘yinida o‘z nomiga 2 gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar