"Manchester Yunayted" qiyin tanlovni amalga oshirishi kerek

  • 1 sentabr, 14:25
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" transfer oynasi yopilgunga qadar ikki darvozabon o‘rtasida tanlov qilishi kerak.

Tecno

Insayder Fabritsio Romano tarqatgan xabarga ko‘ra "Manchester Yunayted" "Antverpen"dan Senne Lammens va "Aston Villa"dan Emiliano Martines transferi ustida ish olib bormoqda. Shu bilan birga, "qizil iblislar" safiga ulardan faqat bittasi o‘tishi ta’kidlanmoqda.

Manbaga ko‘ra, Martinesning transferi "Manchester Yunayted"ning Jedon Sanchoni transferga qo‘shishga tayyor yoki tayyor emasligiga bog‘liq bo‘ladi.

Aytish kerakki, bugun kechqurun Angliyada transfer oynasi yopiladi, shu bois Ruben Amorim jamoasida bir necha soat vaqt qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
01/09/2025 15:55
зур ечим бор: Аморимни хайдаш керак, шунда хаммаси хал булади