“Manchester Yunayted” Rangnik o‘rniga hurmati baland murabbiyni olib keladi

  • 6 aprel, 2022, 19:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa boshqaruviga “Real”da ishlayotgan Karlo Anchelottini olib kelish yo‘llarini o‘rganmoqda. Bu haqda UOL Sport nashri xabar berdi.

Tecno

Aslida manchesterliklar ro‘yxatida Erik ten Xag va Maurisio Pochettino etakchi edi va klub mutasaddilari ularni suhbatdan ham o‘tkazdi.

Italiyalik murabbiy nomzodi so‘nggi paytda paydo bo‘ldi. Manchester klubining xo‘jayinlari Anchelottini qattiq hurmat qiladi va shu bois, jamoani u boshqarishini istamoqda.

“Real” xo‘jayinlari yaqinda agar jamoa La Ligada peshqadalikni boy berib, mavsumda chempionlikni qo‘lga kirita olmasa, Karlo Anchelotti iste’foga chiqarilishini ma’lum qilgan. Shunday bo‘lgan taqdirda ham, tajribali mutaxassis ishsiz qolmaydigan ko‘rinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!