“Manchester Yunayted” “Real”ning "yuragini o‘g‘irlamoqchi"
"Manchester Yunayted" "Real" yarim himoyachisi Kazemiroga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi “Marca” nashri.
“Qizil iblislar” rahbariyati o‘rta chiziqni kuchaytirish uchun futbolchi qidirmoqda. Braziliyalik futbolchi esa bu o‘rin uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Biroq “Real” haligacha 30 yoshli braziliyalik bo‘yicha rasmiy taklif olgani yo‘q.
Qayd etilishicha, “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kazemironing o‘yinlarini yuqori baholaydi, shu bois “Manchester Yunayted” uchun bunday transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi.
Aytish joizki, yarim himoyachilar uchligi Kazemiro - Luka Modrich - Toni Kroos mutaxassislar tomonidan bugungi kunda dunyoning eng yaxshisi deb ataladi.
“Transfermarkt” portali Kazemironing narxini 40 million evroga baholamoqda.
Fikrlar