
“Manchester Yunayted” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi
“Manchester Yunayted” rahbariyati bir paytlar jamoada o‘zini ko‘rsata olgan Adnan Yanuzayni yana ortga qaytarmoqchi. Ayni paytda Yanuzay “Real Sosedad” jamoasi tarkibida yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti.
Manchesterliklar 25 yoshli futbolchini “Borussiya”dan transfer qilishni imkoni bo‘lmayotgan Jeydon Sanchoning o‘rniga olishni rejalashtirmoqda. Yanuzayning shartnomasida badal summasi 35 million evroga tenglashtirilgan. Biroq, ispaniyaliklar qishda uni 25 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor.
2017 yildan buyon “Real Sosedad”da to‘p tepayotgan futbolchi jami 78 ta o‘yinda maydonga tushdi. U raqiblar darvozasiga to‘qqizta gol kiritib, 12 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar