“Manchester Yunayted” superto‘purarni olib keladi

  • 21 mart, 2022, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” mutasaddilari “Bavariya” to‘purari Robert Levandovski agentlari bilan aloqaga chiqdi, deb xabar bermoqda Sky Germany nashri.

Tecno

Polshalik hujumchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi. Levandovski yozda boshqa chempionatga ko‘chib o‘tishni rejalashtirgan. Klub hali unga yangi bitim taklif qilgani yo‘q.

Ayni paytda “Bavariya” eng zo‘r to‘purariga bir mavsum uchun 25 million evro maosh to‘lamoqda. Shunga qaramay, u bilan hamkorlikni uzaytirishga shoshilmayapti.

Avvalroq, “Barselona” va PSJ ham ko‘p gol uradigan o‘yinchiga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Uning transferi 50 million evroga baholamanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!