“Manchester Yunayted” to‘rt daqiqada ikkita gol o‘tkazganidan keyin qimmat himoyachi oladigan bo‘ldi

  • 28.08.2023 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” himoyasi etakchi o‘yinchilarning safdan chiqishi oqibatida ancha zaiflashib qoldi.

Erik ten Xag jarohat olgan Lyuk Shou va Rafael Varanning o‘rniga boshqa himoyachi olmasdan vaziyatdan chiqib keta olmaydi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, manchesterliklar “Chelsi”ning qimmatbaho himoyachisi Mark Kukurelyani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

“Manchester Yunayted” ispaniyalik futbolchini ijaraga olib, chap qanot mudofaasini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

“Chelsi” Kukurelya uchun “Brayton”ga 63,5 million evro to‘lagan edi. 25 yoshli o‘yinchi “aristokratlar” bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!