
“Manchester Yunayted” Ueyn Runini xafa qildi
“Manchester Yunayted” futbolchilari o‘rtoqlik uchrashuvida “Derbi Kaunti” bilan kuch sinashdi. Yaxshi ma’lumki, raqib jamoani manchesterliklar tarixidagi eng zo‘r to‘purar Ueyn Runi boshqarmoqda.
Derbi shahridagi “Prayd Park” stadioni o‘tkazilgan bahsda Ule-Gunnar Sulsher shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchdi. Mehmon jamoa gollariga Taxit Chon va Fakundo Pelistri mualliflik qildi. Runi shogirdlari orasida Kolin Kazim-Richards raqib darvozasiga bir bor yo‘l topdi.
“Manchester Yunayted” yangi mavsumda Angliya premer-ligasi chempionligi uchun kurashishni maqsad qilgan. Runi jamoasi esa Chempionshipda muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatsa kifoya. Jamoa o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ya oladigan darajada baquvvat emas.
Fikrlar