"Manchester Yunayted" Ugarte bilan xayrlashishga tayyor!
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Manuel Ugarte yanvardayoq klubni tark etishi mumkin. 24 yoshli futbolchi "qizil iblislar"ning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi.
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, ingliz grandi rahbariyati qishki transferlar oynasida urugvaylik futbolchi uchun takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. La Liga, A Seriya va Frantsiya Liga 1 ning noma’lum vakillari futbolchiga qiziqish bildirishdi. Ugarte bu mavsumda Ruben Amorim qo‘l ostida 11 ta o‘yinida ishtirok etdi (atiga 3 bellashuvda asosiy tarkib).
Ma’lumot uchun, PSJ va "Sporting" sobiq yarim himoyachisining "Transfermarkt"dagi narxi 30 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar