
“Manchester Yunayted” yana bir yulduzni ko‘zlamoqda
“Manchester Yunayted” premer-liganing grand klublari o‘z safida ko‘rishni istayotgan Tyago Alkantara uchun kurashga qo‘shildi.
Aslida ispaniyalik yarim himoyachini “Liverpul” olishi kerak edi. Uzoq muddat davom etgan muzokaralardan so‘ng, “Bavariya” transfer uchun 30 million evro so‘radi. Lekin Klopp jamoasi bir necha oydan keyin erkin agentga aylanadigan futbolchiga pul sarflashni istamayapti.
Bu orada “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta hamyurti bilan bog‘lanib uni Londonga taklif qildi. Tyagu hozircha unga javob bergani yo‘q.
Endi 29 yoshli futbolchini qo‘lga kiritishga “Manchester Yunayted” urinib ko‘radi. Balki bu gal tomonlar bir to‘xtamga kela olar.
Fikrlar