“Manchester Yunayted” yangi bosh murabbiy tanlayapti

  • 26.01.2022 17:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” xo‘jayinlari jamoani doimiy boshqaradigan bosh murabbiy qidirishda davom etmoqda. Hozircha, ular yozda jamoani qabul qilib olishi mumkin bo‘lgan to‘rt nafar mutaxassisdan iborat ro‘yxatni tuzdi.

Klub rahbariyati Ralf Rangnikka mavsum oxiriga qadar jamoani boshqarish imkonini beradi. Biroq, keyinchalik germaniyalik mutaxassis o‘rnini boshqa mutaxassisga bo‘shatib berishi kerak.

Manchesterliklar taklif qilmoqchi bo‘layotgan nomzodlar — Maurisio Pochettino, Erik ten Xag, Luis Enrike va Xulen Lopetegidir.

Aynan mana shu murabbiylardan biri “Manchester Yunayted”ni yangi marralar sari etaklashi talab etiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!