“Manchester Yunayted”da katta tozalash. 10 dan ziyod futbolchi ketadi!

  • 24.11.2023 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa tarkibini tubdan o‘zgartirishga qaror qildi. Hozirgi tarkib vakillarining o‘yini muxlislarga ham, mutasaddilarga ham yoqmayapti.

Manchester Evening News nashrining yozishicha, klub 2024 yilning ikki transfer bozori davrida katta yangiliklarga qo‘l uradi.

Manbaga ko‘ra, jamoani o‘ndan ziyod futbolchi tark etishi kutilmoqda. O‘ziga boshqa ish topishi kerak bo‘lganlar qatoriga Jeydon Sancho, Donni van de Bek, Antoni Marsyal, Rafael Varan kabi taniqli o‘yinchilar bor.

Erik ten Xag yangi transferlar yordamida yuqori maqsadlar uchun barqaror kurash olib boradigan jamoa shakllantirishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ABDUMUROD JUMABOYEV
24/11/2023 19:15
TARKIBNI YOSHARTIRISH KERAK KEYIN OYINNI YAXSHILASH KERAK MENIMCHA BUNGA 1 YOKI 2 MAVSUM KETADI MENIMCHA
&
ABDUMUROD JUMABOYEV
24/11/2023 19:14
YAXSHI ISH LEKIN KO‘P O‘YINCHILARINI TOZALASH KERAK EDI O‘ZI MUHIMI KLUBGA JONINI BERADIGAN O‘YINCHILARINI OLIB QOLIB SHUNGA O‘XSHAYDIGAN O‘YINCHILARINI OLIB KELISH KERAK